Xotin-qizlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishiga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatorlik salohiyatini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda innovatsion gʻoya, loyiha va texnologiyalarini ishlab chiqarish maqsadida har yili “Oʻzkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan 50 yoshgacha boʻlgan mutaxassis xotin-qizlar oʻrtasida “Eng faol innovator ayol” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.
ECO mintaqasi uchun Toza energiya markazi (CECECO) tomonidan CECECO Clean Energy Hackathon 2026 xalqaro xakatoni boʻlib oʻtadi. Xakaton yoshlarning toza energiya, energiya samaradorligi va raqamli innovatsiyalar sohasidagi gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarmoq korxonalari tomonidan xaridlarni zamonaviy usullarda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi xaridlar siyosati "Oʻzkimyosanoat" AJning korrupsiyaga qarshi siyosati "Oʻzkimyosano...
"Oʻzkimyosanoat" AJ va tarmoq korxonalari oʻz faoliyati davomida ekologik barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilagan. Bu borada ekologik talablarga rioya etish, ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy va ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish orqali tabiatga boʻlgan taʼsirni minimallashtirish yuzasidan aniq va amaliy choralar koʻrib kelmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan 2025-yil davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Avvalo, korrupsiya holatlari haqida xabarlar kelib tushishini taʼminlash maqsadida barcha turdagi aloqa kanallari (elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) uzluksiz faoliyati taʼminlandi.
Tanlov “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan, jamoat ishlarida faol, iqtidorli 50 yoshgacha bo‘lgan mutaxassis xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.
"Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyatida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida joriy yilning 21-iyun kuni MCHJ direktori Farrux Samadov hamda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi – xotin-qizlar kengashi raisi Sanobar Abduraxmanova boshchiligida xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisligiga saylov o'tkazildi.
Milliy liboslar nafaqat o‘zbek ayollarining go‘zalligini namoyon etadi, balki ularning millat sha’ni va g‘ururini ulug‘lashga bo‘lgan intilishini ham namoyon etadi.
Qashqadaryo viloyat hokimligida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryoda ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Abiturientlar va ularning ota-onalari takliflariga hamda hujjat topshiruvchilarning soni ko'pligini hisobga olgan holda Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahar filialining Qabul komissiyasi qarori bilan hujjut qabul qilish muddati 2020 yil 20-avgustga qadar uzaytirildi.