Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi – Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O'zkimyosanoat” va “O'zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korruptsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo'yicha ishlar boshlandi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va “Air Products and chemicals” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.
Bugun "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QKda "Oyning eng yaxshi xodimlari" nominatsiyasining navbatdagi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Lobar Mirsaidova Yaponiyada energetikada vodoroddan foydalanishga bag‘ishlangan treningida ishtirok etdi.
Nobel fondi 9-oktabr kuni 2024-yil kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarini e'lon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʻminlash maqsadida "Oʻzkimyosanoat" AJning markaziy apparati xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobilologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda, Jamiyat hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
“Navoiyazot” AJ boshqaruv raisi bugun avto va temir yo‘l transporti sexlari xodimlari bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
Joriy yilning 5-avgust kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar eksporti bilan bogʻliq korrupsion holatlarni bartaraf etish, mazkur sohada noqonuniy faoliyat olib borayotgan uyushgan jinoiy guruhning firibgarlik, taʼmagirlik hamda tovlamachilik jinoyatlariga chek qoʻyish maqsadida tekzor faol tadbir oʻtkazildi.
Bugun “O`zkimyosanoat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Unda mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyati yuksalishiga o‘zining samarali mehnati orqali munosib hissa qo‘shayotgan “O‘zkimyosanoat” AJning 6 nafar xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.