“O'zekspomarkaz”da geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarmoq sanoat yarmarkasi ochildi. Unda 380 dan ziyod korxona o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya tarmoqlari mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Buni tarmoq yarmarkasiga qiziqish tobora ortib borayotganida ham kuzatish mumkin. 2014 yili mazkur ko'rgazmada 250 dan ziyod korxona ishtirok etgan bo'lsa, o'tgan yili 330 dan ziyod biznes sub'ekti unda qatnashgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida ko'rgazma stendlarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi eksportbop mahsulotlar turi tobora ko'payib borayotgani e'tiborlidir.
«O'zkimyosanoat» AJ ishlar boshqarmasi jamiyat balansidagi 1995 yilda ishlab chiqarilgan "Epika" rusumli, 2009 yilda ishlab chiqarilgan Neksiya Dons rusumli, 2006 yilda ishlab chiqarilgan Neksiya Dons rusumli avto transport vositalarini baxolash bo'yicha tanlovni e'lon qiladi.
«O'zkimyosanoat» AJ ishlar boshqarmasi jamiyat balansidagi 1995 yilda ishlab chiqarilgan GAZ 33021 rusumli hamda 2007 yilda ishlab chiqarilgan DAEWOO DAMAS rusumli avto transport vositalarini baxolash bo'yicha tanlovni e'lon qiladi.
«Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov muddati uzaytirilganligi to'g'risida ma'lum qiladi. 2016 yil 28 martdagi Tanlov komissiyasining yig'ilish qarori asosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga Ishlab chiqarish bo'yicha direktor, Moliya bo'yicha direktor, Marketing, sotish va sotib olish bo'yicha direktori nomzodlariga tanlov 2016 yil 24 aprelgacha muddati uzaytirildi va 2016 yil 25-27 aprel kunlari tanlov natijalari yakunlanadi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati jamoasi jamiyat boshqaruvi raisi o'rinbosari lavozimida uzoq yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan Risqivoy Yaqubovich Yaqubovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi.