2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaydi!
Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.
2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.