Barchangizni go'zallik va nafosat bayrami – 8 mart –Xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, Sizlarga o'zimizning yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tabriklarimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hayotingizda rizqi-nasibangiz ziyoda, go'zallik va mehr-muhabbat doim Sizga yor bo'lsin!
Oilangizning baxtu-saodatini, farzandlaringizning kamolini ko'rish har biringizga nasib etsin!
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasida keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliyli o'g'it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich)” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2015 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!
UK "Qo'ng'irot soda zavodi" ehtiyojlari uchun «Tuz yuvish uskunasi»ni sotib olish uchun tender e'lon qiladi. Tenderda mahsulotni tegishli miqdorda etkazib berish bo'yicha tajribaga, shuningdek, mahsulot va / yoki ularning vakolatli etkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilari bilan, jumladan, kichik biznes xorijiy firma va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari), uchun ochiq .