Seminarda O'zbekiston Respublika Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zgidromet “O'zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Moliya vazirligi vakillari davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish to'g'risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar. Seminar qatnashchilar uchun “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonunning, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi 4544-sonli “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorning mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumot berdilar.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etadi! Ushbu baramona kunda Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!