Matbuot markazi

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida yangi tayinlov amalga oshirildi

// 18.04.2020

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o'tkazilgan kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur'atlarini ta'minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida mamlakatimiz kimyo sanoati mavjud quvvatlarni saqlab qolish bilan birga yangi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun barcha imkoniyatlardan to'liq foydalana olmayotganligiga tanqidiy baho berildi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 16 aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 17.04.2020

Joriy yilning 16 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12343 tonna 26525 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bu ko'rsatkich 15 aprel sanasiga qaraganda ko'tarilgan ya'ni 15 aprel kuni 16764 mln. so'mlik 8253 tonna mineral o'g'itlar sotilgan edi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining savdo yakunlari

// 16.04.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosi yakuni bo'yicha kunlik ma'lumotlarni taqdim etadi.


“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining savdo yakunlari doimiy berib boriladi

// 15.04.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati endilikda O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosi yakuni bo'yicha kunlik ma'lumotlar to'g'risida ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berib borishini ma'lum qiladi.


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Ijroiya qo'mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi

// 07.04.2020

Sultanov Bobur Izatullaevich – “O'zkimyosanoat” AJ Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Sultonov “O'zagrotexsanoatxolding” AJning Import va haridlar bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.