Joriy yilning 1-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 16686 tonna 49113,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 31-mart kuni 60632,9 mln. so‘mlik 19336 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Joriy yilning 31-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19336 tonna 60632,9 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 30-mart kuni 49020,3 mln. so‘mlik 18322 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosining taʼminlanishi hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud holatni oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan sayyor seminar-trening yuqori saviyada oʻtkazildi.