Joriy yilning 27-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 17852 tonna 55868,4 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 26-aprel kuni 59049,0 mln. so‘mlik 16330 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
25-aprel kuni poytaxtimizda boshlangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro yirik sanoat haftaligi doirasida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga biznes-tur tashkillashtirildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.V.Manturov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasining hududlar rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari, Ozarbayjon hamda Armaniston delegatsiyalari, qolaversa, xalqaro sanoat haftaligining qator xorijlik mehmonlari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 26-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 16330 tonna 59049,0 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 25-aprel kuni 54365,2 mln. so‘mlik 15062 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Joriy yilning 25-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 15062 tonna 54365,2 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 22-aprel kuni 51136,4 mln. so‘mlik 14045 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.