“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan 25-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon qilingan.
Mazkur oylik doirasida bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda korxona rahbariyati hamda xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish, halollik va shaffoflikni taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur tadbir korrupsiyani oldini olish borasida xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga va tizimni takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida eʼtirof etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi