Matbuot markazi

Xorijiy OAV biz haqimizda

// 29.03.2022

“Деловая Россия” jurnalining №1-2|2022 sonida “Oʻzkimyosanoat”: sanoat kimyosi innovatorlari” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda jamiyat tomonidan ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, sanoatga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritilgan.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 28-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 28.03.2022

Joriy yilning 28-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18896 tonna 56032,2 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 25-mart kuni 65272,3 mln. so‘mlik 19807 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


KIMYO SANOAT KORXONALARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI XODIMLARI ISHTIROKIDA SEMINAR OʻTKAZILDI

// 28.03.2022

Joriy yilning 25 mart kuni "Oʻzkimyosanoat" AJ va tizim korxonalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.


BIRINCHI TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI YAKUNI BO`YICHA “O`ZKIMYOSANOAT” AJ NATIJALARI

// 26.03.2022

Joriy yilning 24-25 mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo`lib o`tdi. O`zbekistonning investitsion imkoniyatlarini namoyish qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur forumda “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan mamlakatimiz kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi istiqbolli loyihalarga to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shu bilan birga sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o`tkazildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 25-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 25.03.2022

Joriy yilning 25-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19807 tonna 65272,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 24-mart kuni 64596,7 mln. so‘mlik 19611 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.