Matbuot markazi

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 1-aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 01.04.2022

Joriy yilning 1-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 16686 tonna 49113,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 31-mart kuni 60632,9 mln. so‘mlik 19336 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


"O'zkimyosanoat" AJning ma'muriy binosini joriy ta'mirlash ishlari uchun etender.uzex. platformasida 60814-sonli lot joylashtirildi.

// 01.04.2022


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 31-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 31.03.2022

Joriy yilning 31-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19336 tonna 60632,9 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 30-mart kuni 49020,3 mln. so‘mlik 18322 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJDA SAYYOR SEMINAR-TRENING YUQORI SAVIYADA OʻTKAZILDI

// 31.03.2022

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosining taʼminlanishi hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud holatni oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan sayyor seminar-trening yuqori saviyada oʻtkazildi.


“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA YAPONIYANING “MARUBENI” KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

// 30.03.2022

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Yaponiyaning yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblangan “Marubeni” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Kensuke Nishiyama tanishtirildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Yaponiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mineral oʻgʻitlar hamda kimyoviy maxsulotlarga boʻlgan talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan ushbu maxsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha kelishib olindi.