“O`zkimyosanoat” AJda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda soha mutaxassislari tomonidan yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2022-2023 oʻquv yili uchun birinchi kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda. Bugun abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan abituriyentlar imtihonning ikkinchi bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
To'lqin Ergashevich Zaripov “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar T.Zaripov "Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Farrux Hamzayevich Samadov “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Samadov "Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz dunyo hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega. Saʻy-harakatlaringiz va ijodingiz tufayli biz eng soʻnggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va aktual dasturlardan bahramand boʻlamiz. Barchangizga muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilaymiz! Bayram muborak boʻlsin!