
Yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati doirasida kelajak avlodning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini tinglash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday tashabbuslar doirasida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida “O'zkimyosanoat“ AJ boshqaruvi raisining yoshlar hamda ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbir mamlakatimizda har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot an’anasi asosida o‘tkazildi.Muloqot jarayonida talabalarga korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, kimyo sanoatining bugungi holati va istiqbollari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarni ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Uchrashuv davomida 58-Mendeleyev kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik va tashkiliy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikrini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi mutaxassislar sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi.