Tarmoq yangiliklar

“Men donorman” aksiyasi o'tkazildi

// 11.11.2024

“Qizilqum fosforit kompleksi” direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tashabbusi hamda Zarafashon shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Unda korxona ishchi-xodimlari, ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi.


11-noyabr - O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni

// 11.11.2024

Aziz kasaba uyushmalari faollari, sizlarni Kasaba uyushmalari kuni bilan tabriklaymiz. Amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz!


“Navoiyazot" AJda press-tur tashkil etildi

// 08.11.2024

Korxonaning 60 yilligi munosabati bilan jamiyat tarixi, o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar, yangi investitsion loyihalar va ularning samaradorligi, xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan “Navoiyazot kecha va bugun. Yillar sinovidan o‘tgan tajriba va yangi imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan press-tur va matbuot anjumanidan videolavha.


Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 8-noyabr sanasidagi savdo yakunlari

// 08.11.2024

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 8-noyabr sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.


Davlat tilida ish yuritish

// 08.11.2024

Kuni kecha “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova rahbarligida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ sex va boʻlimlarining davlat tilida ish yuritish holatlari oʻrganildi.