#Uzb35 #Mustaqillik35 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda “Ixtirochi ayol” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

// 22.07.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.03 MB)

Tanlov xotin-qizlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli mutaxassislarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

1-o‘rin – Bug‘ qozon sexi SKT apparatchisi Rustamova Zilola Farxod qizi.

2-o‘rin – Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va texnik rivojlantirish boshqarmasi yetakchi muhandisi Bayzakova Lobar Abduxakimovna.

3-o‘rin – Sanitar laboratoriya boshlig‘i Ergasheva Dilnoza Abduvaxobovna hamda ITKTL laboranti Sobirova Sitora Akmal qizi.

G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Faol ishtirok etgan barcha qatnashchilar Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


So'nggi yangilash sanasi: 22.07.2026