2018 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 489,9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 109,3%ni tashkil qildi. Sof holda 168,5 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 126,2 ming tonna azotli, 15,9 ming tonna fosforli va 26,4 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevralda qabul qildingan “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga binoan mineral o'g'itlarni sotish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshiriladi.
2018 yil 15 fevralda “Maksam-Chirchik” aksiyadorlik jamiyatida kimyo sanoatining innovatsion rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha tarmoq seminar o'tkazildi. Ushbu tadbir kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kontseptsiyasini tayyorlash doirasida “O'zkimyosanoat” AJ texnik siyosati Bosh boshqarmasining innovatsiya texnologiyalarni joriy etish bo'limi tomonidan tashkil qilindi hamda seminar ishtirokchilari kimyo sanoatining istiqboli bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
2017 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,7 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1,14 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 854,81 ming tonna azotli o'g'itlar, 119,09 ming tonna fosforli o'g'itlar va 168,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1866,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 107,3 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. Sof holda 820,57 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 618,18 ming tonna azotli o'g'itlar, 91,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 110,94 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.