Tarmoq yangiliklar

“CHIRCHIQ” KIMYO-INDUSTRIAL TEXNOPARKINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO`LIB O`TDI

// 23.03.2022

Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan, mamlakatimizning, xususan Chirchiq shaharining iqtisodiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan “Chirchiq” Kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov, Oʻzbekiston va Tatariston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, kimyo va neft-kimyo sanoati vakillari, tadbirkorlar, mahalla faollari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


“O‘ZKIMYOSANOAT” AJ BOLALARGA QUVONCH ULASHDI

// 18.03.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17- fevraldagi “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohida Navro`z bayrami munosabati bilan hayriya tadbiri o`tkazildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 18-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 18.03.2022

Joriy yilning 18-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 23149 tonna 75382,8 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 17-mart kuni 54435,8 mln. so‘mlik 19406 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 17-mart sanasidagi savdo yakunlari

// 17.03.2022

Joriy yilning 17-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19406 tonna 54435,8 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 16-mart kuni 55552,7 mln. so‘mlik 19436 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA NAVROʻZ MUNOSABATI BILAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI

// 17.03.2022

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.