”Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi.

// 30.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (30.94 MB)

”Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi.  

Bugun 24 ta jamoa “Rahbar kubogi” uchun bahs olib bordi. 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari intellektual oʻyinda zukkolik va jamoaviy ahillikni namoyon etib, 1-oʻrinni zabt etishdi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetining bilimga chanqoq talabalaridan  tashkil topgan 2 ta jamoa ham 2-va 3-oʻrinlarni egallashdi. 

Qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan ushbu bahslar yoshlar oʻrtasida jamoa boʻlib ishlash, aqlni charxlash va bir-birini qoʻllab-quvvatlash kabi koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. 

Gʻolib boʻlgan boʻlajak kimyogarlarni yuksak natija bilan tabriklaymiz! 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 30.05.2024