”Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi.
Bugun 24 ta jamoa “Rahbar kubogi” uchun bahs olib bordi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari intellektual oʻyinda zukkolik va jamoaviy ahillikni namoyon etib, 1-oʻrinni zabt etishdi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining bilimga chanqoq talabalaridan tashkil topgan 2 ta jamoa ham 2-va 3-oʻrinlarni egallashdi.
Qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan ushbu bahslar yoshlar oʻrtasida jamoa boʻlib ishlash, aqlni charxlash va bir-birini qoʻllab-quvvatlash kabi koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Gʻolib boʻlgan boʻlajak kimyogarlarni yuksak natija bilan tabriklaymiz!
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati