“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining tizimdagi yoshlar yetakchilari va faol yosh kadrlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

// 09.07.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (139.58 KB)

Yig'ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan yarim yillik hisobotlar tinglandi.

Yoshlarga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri kimyo sanoatini rivojlantirish hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish to'g'risida innovatsion loyihalar ustida ishlash ekanligi ta'kidlandi.

Yig'ilish davomida yoshlar tomonidan korxonalarda “Ilmiy-texnik kengash” tuzish taklifi ma'qullandi. Ushbu kengashning asosiy vazifalari etib, innovatsion g'oyalar ustida ishlash, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda korxonalarning faoliyatini modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlarni tashkillashtirish belgilandi.

Ilmiy-texnik kengashning birinchi yig'ilishi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda, 2-chi yig'ilishi “Navoiyazot” AJda o'tkazilishi belgilandi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ilmiy-texnik ishlanmalar bevosita amaliyot bilan uzviy bog'liqlikda ishlab chiqilishiga e'tibor qaratish hisoblanadi.

“Ilmiy-texnik kengash” har oyda kamida 1 marotaba tizimli ravishda o'tkaziladi. Yig'ilishda bundan tashqari yoshlar tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar manfaatlarini himoya qilishga hamda ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar ilgari surildi.