Joriy yilning 18-iyul kuni “O`zkimyoimpeks” MCHJ hamda Gruziyaning “Wondernet Express Investment Group” kompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Mazkur memorandum orqali sheriklik munosabatlarini o`rnatish, uzoq muddatli, samarali va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan. Endilikda “O`zkimyosanoat” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral o`g’itlar va kimyoviy mahsulotlarni Gruziyaning “Batumi” porti terminali orqali Yevropa mamlakatlari, Braziliya, Hindiston va boshqa ko`plab xorij davlatlariga eksport qilish imkoniyati yanada ortadi.
“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati