"O'zkimyosanoat" AJ

“O`zkimyoimpeks” MCHJ va “Wondernet Express Investment Group” o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

// 18.07.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyoimpeks-va-wondernet-express-investment-group-urtasida-hamkorlik-memorandumi-imzolandi

Joriy yilning 18-iyul kuni “O`zkimyoimpeks” MCHJ hamda Gruziyaning “Wondernet Express Investment Group” kompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Mazkur memorandum orqali sheriklik munosabatlarini o`rnatish, uzoq muddatli, samarali va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan.  Endilikda “O`zkimyosanoat” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral o`g’itlar va kimyoviy mahsulotlarni Gruziyaning “Batumi” porti terminali orqali Yevropa mamlakatlari, Braziliya, Hindiston va boshqa ko`plab xorij davlatlariga eksport qilish imkoniyati yanada ortadi.

 

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati