O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “O`zkimyosanoat” AJda tadbir bo`lib o`tdi

// 07.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.4 MB)

Bugun “O`zkimyosanoat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Unda mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyati yuksalishiga o‘zining samarali mehnati orqali munosib hissa qo‘shayotgan “O‘zkimyosanoat” AJning  6 nafar xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Ular:

Raximov Jamoliddin Kamolitdinovich – Korporativ munosabatlar boshqarma boshlig‘i.

Mamutov Paraxatdin Shamshetdinovich- Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, import xaridlarini optimallashtirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv bo‘limi boshlig‘i.

Saidov Sanjar Anvarovich – Iqtisodiyot va biznesni rivojlantirish departementi bosh iqtisodchisi.

Karimov Shoxrux Shavkatovich – G‘aznachilik operatsiyalari va ichki xaridlar bo‘limi bosh mutaxassisi.

Gulyamov Abdusamat Abdusattorovich – Ma’muriy xo‘jalik boshqarmasi yengil avtomobil haydovchisi.

Namozov Farid Ozodovich – Moliya, g‘aznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti bosh mutaxassisi.

Shu bilan birga, taqdirlash marosimida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va faravon turmushini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish, shuningdek, boshqa sohalardagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor vazifasi bo‘lib xizmat qilayotganini, qonun ustuvorligi va uning amaldagi ijrosini ta’minlash shu diyorda yashayotgan har bir fuqaroning ham insoniy, ham huquqiy burch sanalishi ta’kidlab o‘tildi.

 

         “O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati