Samimiy muloqot va yangi loyihalar taqdimoti

// 10.07.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.9 MB)

Korxona boshqaruvi raisining mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muhammadali Vafoyev jamiyat yoshlari bilan uchrashdi. Muloqotda o‘zaro fikr almashildi, yigit-qizlarning taklif, tashabbus va loyihalari ilgari surildi.


 
Jumladan, axborot kommunikatsiya tizimlari va onlayn ma’lumot almashinuvini yanada yaxshilashga qaratilgan, suvni tozalash texnologiyasiga taalluqli, mahsulot qadog‘i sifatini takomillashtirish va boshqa bir qator muhim yo‘nalishlaradagi taqdimotlar bilan tanishildi.


 
Har bir loyiha yuzasidan yoshlar takliflarning amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish imkoniyatlari xususida ma’lumot berdilar. Muloqot davomida yosh mutaxassislarning tashabbuskorligi, innovatsion yondashuvi va korxona faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalari yuqori baholandi. Ilg‘or takliflarni mas’ullar ishtirokida o‘rganish, iqtisodiy va texnik jihatdan maqbul loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.



 


So'nggi yangilash sanasi: 10.07.2026