Bugundan D.I.Mendeleev nomidagi RKTU filiali talabalari onlayn masofaviy ta'limni boshladilar

// 07.09.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (129.06 KB)

Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.

Universitet rahbariyati 2020-2021 o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalarga tabrik yo'lladi, ularga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tiladi. Videokonferentsaloqada pandemiya munosabati bilan onlayn shaklda tashkil etilayotgan ta'lim jarayoni yuzasidan barcha ma'lumotlar taqdim etildi va talabalarning savollariga javob berildi.

Joriy yilning 7 sentyabridan Filialning 158 nafar ikkinchi kurs talabalari uchun onlayn masofaviy ta'lim jarayoni boshlandi. Ma'ruzalar va seminarlar har kuni RKTU professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv dasturiga muvofiq o'tkaziladi.

Vasiylik Kengashining qaroriga muvofiq, 2020-2021 o'quv yili uchun Filialda bakalavriat ta'lim dasturi bo'yicha o'qish kvotasi quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 200 kishi miqdorida belgilangan:

  1. Kimyo texnologiyasi;
  2. Texnosfer xavfsizlik;
  3. Materialshunoslik va meteriallar texnologiyasi;
  4. Materiallarni badiiy qayta ishlash texnologiyasi.

Ushbu ta'lim yo'nalishlari “O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyati va iqtisodiyotning boshqa tarmoq korxonalarining kimyo-texnologik yo'nalishdagi kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilangan. Magistratura ta'lim dasturi bo'yicha o'qishni 2021-2022 o'quv yilidan boshlashga qaror qilindi.

 

 

O'zkimyosanoat AJ Matbuot xizmati