“Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi” boshlandi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ ham faol ishtirok etmoqda

// 14.11.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.58 MB)

Bugun poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz“ markaziy koʻrgazmalar majmuasida “Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi” boshlandi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ ham faol ishtirok etmoqda. Sanoat yarmarkasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 300 ga yaqin mahsulotlari namoyish qilinmoqda.

Shu bilan birga tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, mahsulot ishlab chiqarish uchun import qilinadigan tovarlar (xomashyo materiallar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar, elektroapparatlar va h.k.) roʻyxati va namunalari shakllantirilib, sanoat yarmarkasida ishtirok etuvchi barcha tarmoq korxonalarini yaqindan tanishtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi” davomida import qilinadigan mahsulotlar, ularga boʻlgan yillik ehtiyoj, texnik talab va koʻrsatkichlari aks ettirilgan taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati