“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Xon atlas” festivali o‘tkazildi

// 17.09.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (846.16 KB)

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda milliy madaniyatni targ‘ib qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

Festivalda korxona ishchi-xodimlari atlas va adras kabi milliy matolardan liboslar kiyib kelishdi. Milliy liboslarga hamohang ishtirokchilar tomonidan qadimiy laparlar, milliy o‘yinlar, guruhlar kesimidagi aytishuvlar namoyish etildi. Xotin-qizlarning festivaldagi kelinsalom va bellashuvlarda qiziqishi va jonbozligida yanada ko‘proq aks etdi.   

Aytish lozimki, milliy liboslarimiz millat g‘ururidir. Unda milliyligimizning asrlar osha saqlanib kelayotgan qadriyatlari, turmush tarzi, estetik didi mujassamdir.


So'nggi yangilash sanasi: 17.09.2025