“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda milliy madaniyatni targ‘ib qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Festivalda korxona ishchi-xodimlari atlas va adras kabi milliy matolardan liboslar kiyib kelishdi. Milliy liboslarga hamohang ishtirokchilar tomonidan qadimiy laparlar, milliy o‘yinlar, guruhlar kesimidagi aytishuvlar namoyish etildi. Xotin-qizlarning festivaldagi kelinsalom va bellashuvlarda qiziqishi va jonbozligida yanada ko‘proq aks etdi.
Aytish lozimki, milliy liboslarimiz millat g‘ururidir. Unda milliyligimizning asrlar osha saqlanib kelayotgan qadriyatlari, turmush tarzi, estetik didi mujassamdir.