Bir guruh tashkilot rahbar xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

// 26.08.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.93 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmoniga muvofiq taqdirlanganlar orasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarning quyidagi rahbar xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
Temirov Odil Shukurovich – “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
Doshanov Yuldash Aytbaevich – “Farg'onaazot” aksiyadorlik jamiyatining mexanika-ta'mirlash sexi metallizatori, Farg'ona viloyati.

“Do'stlik” ordeni bilan:
Anoxin Aleksandr Vyacheslavovich – “Farg'onaazot” aksiyadorlik jamiyatining kompressor uskunalari mashinisti, Farg'ona viloyati.

“Shuhrat” medali bilan:
Koxorov Shavkat Sattorovich – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi apparatchisi, Navoiy viloyati.