Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi (https://anticorruption.uz/uz/item/2023/03/14/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-chora-tadbirlarning-samaradorligi-reyting-baholashdan-otkazildi).
Baholash natijalariga koʻra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi. Reyting baholash natijalariga koʻra “Oʻzkimyosanoat” AJ 62 ta davlat tashkilotlari ichida 89 ball bilan 4-oʻrinni egalladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va ushbu illatning oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni davom ettiradi.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati