2017 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 12.01.2018 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.67 KB)

2017 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,7 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.

Sof holda 1,14 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 854,81 ming tonna azotli o'g'itlar, 119,09 ming tonna fosforli o'g'itlar va 168,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahsulot eksportining prognozi 129%ga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga binoan 2017 yil yanvar-dekabr oylarida 166,4 mlrd so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish prognozi 101,2%ga yoki 257,63 mlrd. so'mga kamaytirildi.

2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 311,4, mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.

625 yangi ish o'rni yaratildi, shu jumladan 42 si kasanachilik asosida.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 08.10.2024