“O‘zkimyosanoat” AJ Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot – 2022” respublika tanlovida faxrli 2-o`rinni qo‘lga kiritdi

// 26.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (889.67 KB)

Joriy yil 26-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan, 4600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot – 2022” respublika tanlovida “O‘zkimyosanoat” AJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sanobar Abduraxmanovaning ish faoliyati faxrli 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zkimyosanoat” AJda xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti mamlakatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan xalqchil islohotlarga mos ravishda faoliyat olib bormoqda. Qator Farmon va qarorlarning ijrosi so‘zsiz ta’minlanmoqda. Ushbu faoliyat  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan e’tirof etildi. Bu jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning samarasidir.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan mehnat jamoalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti – 2022” ko‘rik-tanlovining “Eng namunali korxona boshlang‘ich tashkiloti” nominatsiyasida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Muxtasar Karimova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.