Metrologiya xizmatida samarali mehnat va hamjihatlik.

// 21.07.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (79.82 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. 

“Ammofos-Maxam” AJ Metrologiya bo‘limi boshlig‘i Irina Vladimirovna 2004-yildan buyon korxonada, 2014-yildan esa Metrologiya bo‘limida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Metrologiya bo‘limining asosiy vazifasi korxonada qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash hamda ularni belgilangan tartibda davlat tekshiruvlaridan o‘tkazishdan iborat. Bugungi kunda bo‘limda 8 nafar xodim, jumladan, o‘zbek, rus va tatar millatiga mansub mutaxassislar o‘zaro hamjihatlik asosida samarali faoliyat yuritmoqda.

Turli millat vakillarining birdamligi va hamkorligi korxonada ishlab chiqarish jarayonlarining sifat va ishonchliligini ta’minlashda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Video bilan batafsil telegramm kanalimizda tanishishingiz mumkin: https://t.me/uzkimyosanoat/15470


So'nggi yangilash sanasi: 21.07.2026