“5000 qadam“ — Mustaqillik sari sog‘lom qadam!

// 12.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.04 MB)


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — yurtimizning taraqqiyot yo‘li, ezgu maqsadlar va yangi marralar sari intilishini ifodalovchi ulug‘ ayyomdir.

Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam“ AJning “Chimyon“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xodimlar ishtirokida “5000 qadam“ yurish tadbiri tashkil etildi.



Tadbir ishtirokchilari birgalikda 5 000 qadam yurib, sog‘lom hayot tarzi, jismoniy faollik va faol hayot pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladilar.

Ayniqsa, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish arafasida o‘tkazilgan ushbu tashabbus xodimlarni bir maqsad atrofida birlashtirib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 12.08.2026