
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — yurtimizning taraqqiyot yo‘li, ezgu maqsadlar va yangi marralar sari intilishini ifodalovchi ulug‘ ayyomdir.
Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam“ AJning “Chimyon“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xodimlar ishtirokida “5000 qadam“ yurish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari birgalikda 5 000 qadam yurib, sog‘lom hayot tarzi, jismoniy faollik va faol hayot pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladilar.
Ayniqsa, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish arafasida o‘tkazilgan ushbu tashabbus xodimlarni bir maqsad atrofida birlashtirib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.