“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari (18.04.2025)

Yigʻilish oʻtkazilgan joy:

Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy.

Yigʻilish oʻtkazilgan sana:

18.04.2025-yil.

 

1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni 3 (uch) kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

B. Sultanov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

MXasanova – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi bosh mutaxassisi;

D. Ziyodov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi reglamenti quyidagi tartibda tasdiqlansin:

- asosiy masalalar boʻyicha maʼruzachilarning chiqishlari uchun – 10 daqiqagacha;

- qoʻshimcha nutq va munozaralar uchun – 5 daqiqagacha;

- ovozlarni hisoblash uchun tanaffus – 5 daqiqa.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

3. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli
100 foiz ya’ni har birining nominal qiymati 1 (bir) soʻm boʻlgan umumiy nominal qiymati
2 662 428 497 387 soʻmlik, 2 662 428 497 387 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiya paketini balans (qoldiq) qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi ulushini hamda yetmagan qismiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish bilan bogʻliq yirik bitim ma’qullansin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – yoʻq,         Qarshi – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,    Betaraf – yoʻq.

Qonunning 60-moddasiga asosan ushbu masala bo‘yicha qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik) ovozi toplanmaganligi, qarshi ovoz berilganligi bois, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinmadi.

4.1. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi ustavi mazkur bayonnomaning
1-ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.

4.2. “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruviga o‘rnatilgan tartibda Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasi yuklatilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

5. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida”gi nizomi mazkur bayonnomaning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.

6.1. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Ijroiya organi toʻgʻrisida”gi nizomi mazkur bayonnomaning 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.

6.2. “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruviga ushbu bayonnoma ilovalariga muvofiq tasdiqlangan nizomlarni jamiyat faoliyatiga tatbiq etish hamda qat’iy amal qilinishini ta’minlash topshirilsin.

Ovoz berish natijalari:

Tarafdor – 1 671 293 147 ovoz yoki 100 %,             Qarshi – yoʻq,            Betaraf – yoʻq.


So'nggi yangilash sanasi: 20.05.2025