“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida
qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari
Yigʻilish oʻtkazilgan joy: |
Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy. |
Yigʻilish oʻtkazilgan sana: |
14.02.2025-yil. |
1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni 3 (uch) kishidan iborat quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
J. Raximov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i;
M. Xasanova – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi bosh mutaxassisi;
D. Ziyodov – jamiyatning korporativ munosabatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Ovoz berish natijalari:
Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %, Qarshi – yoʻq, Betaraf – yoʻq.
2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi reglamenti quyidagi tartibda tasdiqlansin:
- asosiy masalalar boʻyicha maʼruzachilarning chiqishlari uchun – 10 daqiqagacha;
- qoʻshimcha nutq va munozaralar uchun – 5 daqiqagacha;
- ovozlarni hisoblash uchun tanaffus – 5 daqiqa.
Ovoz berish natijalari:
Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %, Qarshi – yoʻq, Betaraf – yoʻq.
3.1. Mustafayev Jaxongir Ibodullayevich “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va u bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi uch yil muddatga tuzilsin.
3.2. Jamiyat nomidan boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi J. Mustafayev bilan mazkur bayonnoma qarorining 3.1-bandida nazarda tutilgan muddatga mehnat shartnomasini imzolash vakolati kuzatuv kengashi raisiga berilsin.
Ovoz berish natijalari:
Tarafdor – 2 927 710 704 ovoz yoki 100 %, Qarshi – yoʻq, Betaraf – yoʻq.