“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarishdagi faolligi uchun “Navoiyazot”AJ namunali tashkilot, deya e’tirof etilib, viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida” 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq tanlovda xalqaro mutaxassislar, shuningdek vatandoshlar ishtirok etishga haqli.
Hazrat Alisher Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmatida olam-olam ma’no bor. Har bir millatning birinchi ramzi uning tilidir. Til yashasa, millat ham barhayot bo‘ladi. O‘z ona tilini mukammal bilgan inson boshqa tillarni ham tez o‘rganadi.
23-yanvar kuni “Uzbekistan GTL” stipendiya dasturi goʻliblarini taqdirlash marosimi boʻldi. Ahamiyatlisi, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filiali 3-bosqich talabasi Durdona Muxtorxoʻjayeva “Texnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi boʻldi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madraximov bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
27 may kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali yangi binosining tantanali ochilish marosimini o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Admistratsiyasi boshqarma boshlig'ining o'rinbosari A.Rыbakov, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov va “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi J.Mirzamahmudov, Rossiya fan va oliy ta'lim vazirining o'rinbosari D.Afanasev, Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor yelchisi O.Malginov, Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi a'zolari, tashkilot tizimidagi korxonalar rahbarlari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarning D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrifi tashkil etildi.