Ommaviy axborot vositalarining birida “Nega mahalliy yog'och-qirindili plitalar ishlab chiqaruvchisi innovatsion korxona faoliyatini to'xtatdi?” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Maqolada Surxondaryo viloyatida yog'och qirindisidan tayyorlanadigan qurilish materiali (DSP) ishlab chiqaruvchi Surxon KSP-Gra kompaniyasi tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda yog'och-qirindili plitalar (DSP) tayyorlashda qo'llanuvchi kimyo mahsulotlarining narxi oshganli sababli o'z faoliyatini to'xtatgani bayon qilingan. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Investitsiyaviy hamkorlik yangi kelishuvlar bilan boyidi Birlashgan Arab Amirliklari Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Ibrohim al-Mahmud boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida 3 oktabr kuni Toshkentda O'zbekiston – BAA biznes-forumi o'tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2024-yil 28-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida oʻtkaziladi.
№ Koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi Reja Amalda Bajarili-shi, % 1. Tovar mahsulotlar xajmi mlrd. soʻm 14 604,7 15 270,2 104,6 2. Asosiy mahsulotlar ishlab chiqarilishi 2.
№ Koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi Reja Amalda Bajarili-shi, % 1. Tovar mahsulotlar xajmi mlrd. soʻm 10 110,6 11 065,5 109,4 2. Asosiy mahsulotlar ishlab chiqarilishi 2.
2024-yilda polimer emulsiyalari jahon bozorining hajmi 31 milliard dollarni tashkil etdi. 2034-yilga kelib u 60 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. 2025-yildan 2034-yilgacha boʻlgan davrda bozor har yili oʻrtacha 6,73% oʻsishi mumkin. Bu haqda PR agentligi oʻzining soʻnggi hisobotida maʼlum qildi.
Xususan, yilning birinchi yarim yilligida 307,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu rejaga nisbatan 111,3 foizni, oʻsish surʼati esa 135,6 foizni tashkil etdi. Mahsulotlar 55 ta davlatga eksport qilindi, shundan 167,6 mln dollarlik mineral oʻgʻitlar, 139,7 mln dollarlik kimyoviy mahsulotlar eng yirik ulushga ega boʻldi.
"Maxam-Chirchiq" AJ etender.uzex.uz saytida "Kovsh hajmi kamida 1,8 kub bo‘lgan frontal yuklagich (pogruzchik) xizmatlari" uchun tanlov eʼlon qilgan edi. Xizmatlar bo‘yicha №25120012442301-sonli lot uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish jarayoni 2025-yil 8-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyunda qabul qilingan “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-222-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan jamiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 1-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ hamkorligida Davlat kompaniyalari kuzatuv kengashlari mustaqil direktorlarining birinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.