Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, tobora kengayib bormoqda. Ayni paytda turli sohalar, jumladan, iqtisodiyot, savdo, taʼlim, madaniyat va turizm kabi yoʻnalishlarda koʻplab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda KOICA stipendiya dasturi yangi guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.
2022-yilning 10 oyi davomida “Oʻzkimyoimpeks” MChJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha belgilangan yillik eksport koʻrsatkichi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida amalda umumiy qiymati 407,3 mln. dollarlik kimyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yillik reja (400,8 mln. dollar) 31-oktabr holatiga 101,7 foizga bajarildi. 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 155 foizga oʻsish taʼminlandi.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda quyidagilar maʼlum qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining talabiga muvofiq 2022-yil gʻalla va paxta hosili uchun sof holda 555,9 ming tonna, yaʼni gʻalla hosili uchun 272 ming tn va paxta hosili uchun 283,9 ming tn azotli oʻgʻitlar, 96,1 ming tn fosforli va 50 ming tn kaliyli oʻgʻitlar birja savdolari orqali xarid qilinishi belgilangan.
Joriy yilning 24-25 mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo`lib o`tdi. O`zbekistonning investitsion imkoniyatlarini namoyish qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur forumda “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan mamlakatimiz kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi istiqbolli loyihalarga to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shu bilan birga sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o`tkazildi.
2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 394 ta (2023-yilda 510 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Qashqadaryo viloyatidan 86 ta, Navoiy viloyatidan 124 ta, Namangan viloyatidan 2 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 108 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta, Andijon viloyatidan 1 ta, Xorazm viloyatidan 1 ta, Toshkent shahridan 31 ta, boshqa hududlardan 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 64 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaatlardir.
“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA! “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 6-yanvar kuni soat 16:00 da masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.
INFORMATION on the activities to be carried out in 2025 by the enterprises of “Uzkimyosanoat” JSC within the framework of localization and industrial cooperation development programs I. Projects for new product manufacturing and expansion of existing capacities.