Joriy yilning 1 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 11653 tonna 28016,6 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan xafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 26 fevral kuni 29063,0 mln. so'mlik 13148 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida jurnalistlar O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki guruhining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» qo'shma loyihasi doirasida energiya samaradorligi yuqori texnologiyalarni joriy etish va energiya tejash jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi oʻrganilmoqda.
Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda korxona yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning isteʼdod va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, muammolariga yechim topish hamda yoshlarning taklif va loyihalarini ishlab chiqarishga tatbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini, nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadini ko‘zlagan “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar muammolarini o‘rganish, yosh mutaxassislar takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi