O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 16 aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 17.04.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.45 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 16 aprel sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 16 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12343 tonna 26525 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bu ko'rsatkich 15 aprel sanasiga qaraganda ko'tarilgan ya'ni 15 aprel kuni 16764 mln. so'mlik 8253  tonna mineral o'g'itlar sotilgan edi.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ, “Maxsam-Chirchiq” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Ammafos-Maxsam” AJ, “Samarqand NPK” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, NPK-S (Ca,Mg,Fe), kaliyli, NPK (5:14:14), nitrokaltsiy-fosfat (NKFU) mahsulotlari qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammiakli selitra eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 70 foizini tashkil etadi. Haridorlarning asosiy qismini paxta va g'alla yetishtiruvchi klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi 100 ga yaqin kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 16 aprel kuni jami 647,1 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotildi. Sotuvning asosiy qismini kaltsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 “O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati