O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 24 aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 25.04.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.5 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 24 aprel sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 24 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 6451 tonna 14062 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi, bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 23 aprel kuni 17666 mln. so'mlik 8787 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ, “Maxsam-Chirchiq” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Ammafos-Maxsam” AJ, “Samarqand NPK” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, NPK-S (Ca,Mg,Fe), kaliyli, NPK (5:14:14), nitrokaltsiy-fosfat (NKFU) mahsulotlari qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammiakli selitra eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 70 foizini tashkil etadi. Haridorlarning asosiy qismini paxta va g'alla yetishtiruvchi klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi 100 ga yaqin kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 24 aprel kuni jami 1116,8 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotildi. Bu bir kun avvalgi ko'rsatkichdan yuqori bo'lib, 23 aprel kuni 1734 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya'ni 60 foizini kaltsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 “O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati