«O'zekspomarkaz»da qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29avgustdagi PQ-3246-sonli qaroriga muvofiq, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, yehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, xom ashyo, tovarlar, xizmatlarni chet eldan xarid qilishni amalga oshiradi.
Bugungi kunda "Navoiyazot" AJ da avtotransport vositalarining umumiy soni 165 tani tashkil etadi. Ularning 78 tasi yuk, 28 tasi yengil avtomobillar, 23 tasi avtobuslar, 36 tasi esa maxsus texnikalardan iborat.
2024-yilning 19-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif doirasida “O’zkimyosanoat” AJ hamda Amerikaning “Trammo” kompaniyasi o’rtasida yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar, xususan, “yashil” vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining birinchi bosqichida ishlab chiqariladigan “yashil” ammiak va karbamid mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan off-take shartnomasi imzolandi.
Korxona haqida qisqa ma'lumot Pochta manzili 180405, O'zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani Korxona rahbari Zaripov To‘lqin Ergashevich Telefon, faks (+99875) 6125005 Vebsayt uz-potash.
Korxona haqida qisqa ma'lumot Pochta manzili 110100, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Korxona rahbari Umarov Iskandar Gayratovich Telefon faks +998 (78) 150 41 41 +998 (70) 61 3 31 32 Vebsayt www.
Mazkur biznes-tur ayni kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida oʻtkazildi.
2022-yilning 10 oyi davomida “Oʻzkimyoimpeks” MChJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha belgilangan yillik eksport koʻrsatkichi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida amalda umumiy qiymati 407,3 mln. dollarlik kimyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yillik reja (400,8 mln. dollar) 31-oktabr holatiga 101,7 foizga bajarildi. 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 155 foizga oʻsish taʼminlandi.
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov hamda Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi boshqaruvi raisi, janob Van Bo ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida qator istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolash marosimi oʻtkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.