O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 29 aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 29.04.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.98 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2021 yil 29 aprel sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 29 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8444 tonna 21540,1 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 28 aprel kuni 29818,6 mln. so'mlik 11957 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o'g'itlar, superfosfat azot-fosforli o'g'it kabi mahsulotlar qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammiakli selitra eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 60,2 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsilangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 29 aprel kuni jami 7493,5 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan, ya'ni 28 aprel kuni 7601,2 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya'ni 55,0 foizini PVX mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati