Nomlanishi Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Moliya Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-015 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Yillik Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan “O‘zkimyosanoat” AJ ma’lum qiladiki, “O‘zkimyosanoat” AJ aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror asosida chiqarilgan aksiyalar (ro‘yxatga olish raqami P0315-15 22.02.2022-yil) toʻliq 100 foiz yoki 330 226 032 dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz aksiyalar joylashtirilmadi.
Amaldagi milliy soliq qonunchiligiga ko'ra, soliq to'lovchilar yuridik va jismoniy shaxslar toifasiga ajratiladi. Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda O'zbekistonda tez orada yirik soliq to'lovchilar toifasi ham joriy etilishi mumkin.
Bugun City Palace mexmonxonasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi “Jizzax Plastmassa” AJ Ustav kapitalidagi aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o'tkazish yuzasidan rasmiy marosim tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 12-apreldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 78-son bayonnomasiga asosan "O'zkimyosanoat" AJ respublika tanlovining “Eng namunali vazirlik va idora” nominatsiyasida ishtirok etish maqsadida buyurtma bergan edi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Oʻzbekiston-Germaniya forumi doirasida “Navoiyazot” AJ va “Linde” kompaniyasi oʻrtasida majmuaning ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun “Navoiyazot” AJda “Havoni taqsimlash uskunasini oʻrnatish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi v.b. J.Mirzamahmudov ishtirokida videokonferentsaloqa orqali “Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari rahbariyatining vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.