Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.
“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari shu yil 19-21 may kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmakasi ishida faol ishtirok etdi. Yarmarkaning kimyo sanoati shu'basida kompaniya korxonalari tomonidan 2014 yilda o'zlashtirilgan va joriy yilda ishlab chiqarilishini rejalashtirilgan mahsulotlar namunalari, 2015 yil innovatsiya loyihalari hamda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarining innovatsiya ehtiyojlari bo'yicha materiallar namoyish etildi.
2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 394 ta (2023-yilda 510 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Qashqadaryo viloyatidan 86 ta, Navoiy viloyatidan 124 ta, Namangan viloyatidan 2 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 108 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta, Andijon viloyatidan 1 ta, Xorazm viloyatidan 1 ta, Toshkent shahridan 31 ta, boshqa hududlardan 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 64 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaatlardir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur davomida malakali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati va ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari haqida ma'lumot berdi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha harbiy xizmatchilarni va yurtdoshlarimizni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarning D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrifi tashkil etildi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madraximov bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.