Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotimizning 2014 yilga mo'ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo'nalishlari avvalo sohaning yuqori sur'atlar bilan o'sishini ta'minlash, shu maqsadda mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni davom ettirishga qaratilgan. Buni amalda ta'minlash natijasida mamlakatimizda joriy yilning birinchi choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,9 foiz, jumladan, iste'mol tovarlari tayyorlash 12,8 foiz o'sdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida iste'mol tovarlari ulushi 34,4 foizni tashkil qildi. Bunda tadbirkorlik sub'ektlarining alohida o'rni va salmoqli ulushi bor.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan birida korxonada uzoq yillar ishlagan ayollarni hech qanday to'lovlarsiz noqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi to'g'risidagi xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qiladi. Shuningdek, videoda aks etgan hech bir ishchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 16.06.2017 yildagi №PQ-3067
Joriy yilning 22-iyun sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda press-tur ishtirokchilari zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi loyihalar, ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Iqlim oʻzgarishi muammosini hal etish bo‘yicha bizning qarashlarimiz 2015-yilda 196 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha Parij bitimini qabul qildi. Uning asosiy maqsadi global oʻrtacha haroratning oshishini 2 ° C dan ancha past ushlab turish va haroratning sanoat davrigacha boʻlgan darajadan 1,5 ° C gacha koʻtarilishini cheklash boʻyicha saʻy-harakatlarni davom ettirish orqali iqlim oʻzgarishi tahdidiga qarshi turishdir.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, aziz yurtdoshlar!
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent viloyatida energetika va kimyo sanoatida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun Gender strategiyasi va 2025-yil harakatlar rejasini ishlab chiqarish maqsadida 3 kunlik oʻquv seminari tashkil etildi.
2015 yil 29 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda Xitoyning “CITIC Construction Co.Ltd” delegatsiyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kimyo sohasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi istiqbollari, xususan Samarqand shahrida yangi murakkab o'g'itlar (NPK) turlarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.