Jahon kimyo sanoati xabarlari: Kanadalik olimlar guruhi yangi ekologik toza material — dengiz suvoʻtlariga asoslangan plastikni taqdim etdi. Ushbu ishlanma atrof-muhitni anʼanaviy plastik chiqindilaridan himoya qilish va ayniqsa qishloq xoʻjaligida anʼanaviy polietilenga alternativa boʻlishi maqsadida yaratilgan.
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Bugun “O‘zkimyosanoat” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz faoliyatini boshladi.
Ma’lumki, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lishgandi. Uchrashuvlar doirasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashning yangi davrini boshlab beradigan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan edi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: AQSHning Shimoli-gʻarbiy universiteti (NWU) kimyogarlari bardoshli, lekin yengil va egiluvchan, oʻzaro toʻqilgan polimer iplaridan nanomaterial yaratishdi. Tuzilmaviy xususiyatlari tufayli u zanjirli sovutga oʻxshaydi va undan tana zirhlari hamda ballistik matolarni yaratishda foydalanish mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Kuni-kecha korxona sexlari rahbarlari va kasaba uyushma qo‘mitasi raislari bilan hamkorlikda “Kuch-birlikda” shiori ostida sayyor seminar o‘tkazildi.